30/09/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1 790,0 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 126,4 % ni va ularning umumiy hajmdagi ulushi 1,6 % ga ko‘payib, 15,6 % ni tashkil etdi.

Shuningdek, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 53,8 % i to‘g‘ri kelib, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 114,0 % ni tashkil etgan holda 6 170,0 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.

Norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 30,6 % ni yoki 3 501,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 105,7 % ni tashkil etdi.