30/09/2025

2025- yil yanvar-avgust oylarida tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlarimiz Rossiya Federatsiyasi (45,8 %), Qirg‘iz Respublikasi (8,1 %),Turkiya (6,4 %), Afg‘oniston (6,8 %), BAA (5,1 %), Qozog‘iston (5,0 %), Litva (3,7 %), Latviya (3,6 %), Tojikiston (2,2 %) va Ukraina (2,0 %) kabi davlatlar bo‘lgan. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 88,9 % ni tashkil etdi.

Eksport tarkibida tovarlar ulushi 94,6 % ni tashkil etib, asosiy ulush oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (43,6 %), sanoat tovarlari (24,3 %), kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (18,1 %) va turli xil tayyor buyumlar (8,7 %) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.