Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-avgust oylarida Farg‘ona viloyati xorijga jami 34,3 mln AQSH dollari qiymatidagi 35,7 ming tonna uzum eksporti amalga oshirilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 11,9 ming tonnaga ko‘pdir.