Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-sentabr holatiga Farg‘ona viloyatida qurilish sohasida jami 1 436 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan, tadbirkorlik subyektlari 1 429 ta, shundan, kichik biznes subyektlari 1 419 taga to‘g‘ri keldi.