Joriy yilning 8- oktabr kuni O‘zbekiston mahallalari uyushmalari Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i A. Ziyavitdinov O‘zbekiston mahallalari uyushmalari Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U. Mamasidiqov, O‘zbekiston mahallalari uyushmalari Farg‘ona viloyati boshqarmasining shahar va tuman bo‘limi boshliqlari, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh.Zokirov hamda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i A. Abdurazakovlar hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabr kuni “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 173-sonli Farmonining ijrosi yuzasidan videoaloqa shaklida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda farmonda “mahalla yettiligi”ga yuklatilgan vazifalar haqida so‘z yuritildi. Chunonchi, mazkur tadbirning huquqiy asoslari, ro‘yxatga olishning tashkiliy rejasi, xaritalarga o‘zgartirishlar kiritish, roʻyxatga olish tadbiri “mahalla yettiligi” tizimida ishlovchi xodimlarni 2025-yil 15-dekabrdan 2026-yil 1-martgacha boʻlgan davrda jalb etilishi, bunda Oʻzbekiston mahallalari uyushmalari, Milliy statistika qoʻmitasi hamda masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda “mahalla yettiligi” tizimida ishlovchi xodimlar planshet qurilmalaridan foydalangan holda roʻyxatga olish tadbiri oʻtkazilishini taʼminlash, roʻyxatga olish tadbirida roʻyxatga oluvchi sifatida ishtirok etadigan “mahalla yettiligi” tizimida ishlovchi xodimlar va boshqa jalb etiladigan xodimlar Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir yarim baravari miqdorida (soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni inobatga olgan holda) bir martalik ragʻbatlantirilishi, Ragʻbatlantirish toʻlovlari tegishli vazirlik, idora va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining soʻrovnomasiga asosan Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan moliyalashtirilishi va boshqa shu kabi masalalar bo‘yicha kelishib olindi.