Hammamizga ma’lum, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabr kuni “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 173-sonli Farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, mamlakatimizda ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari 2026-yil 15- yanvardan 28- fevralga qadar o‘tkazilishi belgilangan. Chunonchi, joriy yilning 6-oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi B. Ahadjonov hamda mazkur bo‘limga ishga qabul qilingan xodimlar Farg‘ona shahridagi “Surxtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, “mahalla yettiligi” tadbirga tayyorgarlik ishlarini qanday olib borishlari zarurligi, mahalla xaritasini qayta ko‘rib chiqish, xonadonlarning raqamlashtirish ishlari, ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi, mahalla aholisini mazkur tadbirda faol ishtirokini hamda beriladigan ma’lumotlar shaffof va haqqoniyligini ta’minlash borasida hamkorlikda ishlarni amalga oshirish haqida kelishib oldilar.