Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatda suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 240,9 mlrd so‘mni (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 0,7 %ini) tashkil etdi.
Shundan:
Oqova suvlarni yo‘qotish, transportirovka qilish va ishlov berish bo‘yicha xizmatlar – 26,3 mlrd so‘m
Axlat o‘ralarni, tindirgichlarni va septiklarni bo‘shatish, tozalash va ishlov berish bo‘yicha xizmatlar – 20,8 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.