Avval xabar berganimizdek, bugun Farg‘ona viloyati stiatistika boshqarmasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarning birinchi qisida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning huquqiy asoslari hamda qonunchilik xujjatlarida belgilangan asosiy vazifalar bo‘yicha ma’ruzalar va mashg‘ulotlar o‘tgan bo‘lsa, ikkinchi qismida esa ana shu bilimlarni amalda qo‘llash uchun Frag‘ona sharidagi “Soy bo‘yi” mahalla fuqarolar yig‘inida sinov tariqasida test rejimida ishlayotgan planforma orqali planshet usulida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazdilar. Tadbir qatnashchilari “mahalla yettiligiga” taqsimlanib, guruрlarga bo‘linib, uyma-uy ro‘yxatga olish ishlarini bajardilar. Ro‘yxatga olish jarayonida guruh a’zolarida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan hamda tushunmagan savollar bo‘yicha Milliy statistika qo‘mitasi hamda viloyat statistika boshqarmasi vakillariga o‘z takliflarini berdilar.
Axborot xizmati.