Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mamlakatimiz aholisining tarkibi va migratsiyasi, oilaviy holati, faoliyat turi, daromad manbalarini aniqlash, respublikaning har bir ma’muriy-hududiy birligi va mahallalar kesimida aholining turli tavsiflari to‘g‘risida yagona statistik uslubiyot asosida xalqaro darajada taqqoslash mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni shakllantirish orqali mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini va xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabr kuni “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 173-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7- oktabrdagi “Oְ‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 629-sonli Qarori qabul qilindi. Mazkur qonunchilik xujjatlarida “mahalla yettiligi”ni o‘qitish rejalashtirilgan. Xususan, joriy yilning 20- oktabr kuni Toshloq tumani hokimligi hamda tuman statistika bo‘limi tomonidan tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida o‘qiv seminari tashkil etildi.