21/10/2025

Joriy yilning 20- oktabr kuni Uchko‘prik tumani hokimligi hamda tuman statistika bo‘limi tomonidan tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabr kuni “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 173-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7- oktabrdagi “Oְ‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 629-sonli Qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida o‘qiv seminari tashkil etildi. Seminar davomida ro‘yxatga olishga jalb qilingan xodimlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, elektron so‘rovnomalarni to‘g‘ri to‘ldirish va aholigasodda va tushunarli tarzda ma’lumot yetkazish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Eslatib o‘tamiz, 2026- yil 15-yanvarlan -28-fevralga qadar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, aholining tarkibi va migratsiyasi, oilaviy holati, faoliyat turi, daromad manbalarini aniqlash kabi qator demografik va qishloq xo‘jaligi ko‘rsatkichlarni shakllantirishdan iboratdir.