O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkazilishi belgilangan.
Mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Marg‘ilon shahrida profilaktika inspektorlari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi mas’ul xodimi ishtirok etib, ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, savolnoma shakllari va ularni to‘ldirish tartibi yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi. Shuningdek, seminar ishtirokchilariga kerakli metodik materiallar tarqatildi.