Hammamizga ma’lum, 2026- yil 15- yanvardan 28- fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayyonlari o‘tkaziladi. Mazkur tadbirni sifatli va samarali tashkil etish uchun mamlakatimizning barcha hududlaridа “mahalla yettiligi”ni o‘qitish bo‘yicha o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda. Chunonchi, joriy yilning 21- oktabr kuni Qo‘shtepa tumani hokimligi hamda tuman statistika bo‘limi tomonidan tuman mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektorlarining navbatdagi o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
O‘quv mashg‘ulotida Milliy statistika qo‘mitasi vakili B.Yo‘ldoshev hamda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari F. Yakubovlar qatnashib, mazkur tadbirning normativ-huquqiy asoslar, uning mohiyati va mazmuni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish masalalari keng muhokama etildi. Shu bilan birga, ishtirokchilarga metodik ko‘rsatmalar, aniq vazifalar va o‘z vazifalari doirasida mas’uliyat yuklatildi.
Axborot xizmati.