Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mamlakatimiz aholisining tarkibi va migratsiyasi, oilaviy holati, faoliyat turi, daromad manbalarini aniqlash, respublikaning har bir ma’muriy-hududiy birligi va mahallalar kesimida aholining turli tavsiflari to‘g‘risida yagona statistik uslubiyot asosida xalqaro darajada taqqoslash mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni shakllantirish orqali mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini va xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabr kuni “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 173-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7- oktabrdagi “Oְ‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 629-sonli Qarori qabul qilindi.
Mazkur qonunchilik xujjatlarida “mahalla yettiligi”ni o‘qitish rejalashtirilgan. Xususan, joriy yilning 21- oktabr kuni Yozyovon tumani hokimligi hamda tuman statistika bo‘limi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektorlari ishtirokida o‘qiv seminari tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotida Milliy statistika qo‘mitasi vakili B.Yo‘ldoshev hamda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari F. Yakubovlar qatnashib, mazkur tadbirning normativ-huquqiy asoslar, uning mohiyati va mazmuni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish masalalari keng muhokama etildi. Shu bilan birga, ishtirokchilarga metodik ko‘rsatmalar, aniq topshiriqlar va o‘z vazifalari doirasida mas’uliyat yuklatildi.