23/10/2025

Aholi o‘rtasida  aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarini tushuntirish, mazkur jarayonning sifatli va samarali tashkil etish maqsadida joriy yilning 23- oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan “Ochik eshiklar” kuni tashkil etildi.  Mazkur tadbirda  Farg‘ona davlat universitetining Iqtisodiyot fakulteti talabalari ishtirok etdilar.  Tadbirda Farg‘ona shahar statistika bo‘limi boshlig‘i Sh. Tojimatov hamda oliy ta’lim muassalaridan professor o‘qituvchilari aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning huquqiy asoslar, mazmun va mohiyati,  axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish masalalari keng muhokama etildi. Shu bilan birga, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislari javob qaytardilar.

Hurmatli viloyatimiz aholisi! Ro‘yxatga olish tadbiri bo‘yicha savollaringiz va o‘z mulohazalaringiz bo‘lsa  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining eshiklari Siz uchun doimo ochiq.