24/10/2025

Joriy yilning 23- oktabr kuni Marg’ilon shahar hokimligi hamda shahar statistika bo‘limi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabr kuni “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 173-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7- oktabrdagi “Oְ‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 629-sonli Qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida o‘qiv seminari tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotida Milliy statistika qo‘mitasi vakili B.Yo‘ldoshev hamda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari F. Yakubovlar qatnashib, mazkur tadbirning huquqiy asoslar, uning mohiyati va mazmuni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish masalalari keng muhokama etildi. Shu bilan birga, ishtirokchilarga metodik ko‘rsatmalar, aniq topshiriq va o‘z vazifalari doirasida mas’uliyat yuklatildi.

Eslatib o‘tamiz, 2026- yil 15-yanvarlan -28-fevralga qadar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, aholining tarkibi va migratsiyasi, oilaviy holati, faoliyat turi, daromad manbalarini aniqlash kabi qator demografik va qishloq xo‘jaligi ko‘rsatkichlarni shakllantirishdan iboratdir.