24/10/2025

Joriy yilning 23- oktabr kuni Oltiariq tumani hokimligi hamda tuman statistika bo‘limi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabr kuni “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 173-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7- oktabrdagi “Oְ‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 629-sonli Qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida o‘qiv seminari tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotida Milliy statistika qo‘mitasi vakili B.Yo‘ldoshev hamda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari F. Yakubovlar qatnashib, ro‘yxatga olishga jalb qilingan xodimlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, elektron so‘rovnomalarni to‘g‘ri to‘ldirish va aholiga sodda va tushunarli tarzda ma’lumot yetkazish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.