Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-sentabr oylarida Farg‘ona viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 78 896,7 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2024- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 8,0 % ga o‘sdi.
YAHM deflyator indeksi 2024- yilning yanvar-sentabr oylari narxlariga nisbatan 108,6 % ni tashkil qildi.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Farg‘ona viloyatining qo‘shgan hissasi 6,1 % ga yetdi.




