Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2025- yil yanvar-oktabr oylarida dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalarini hisobga olgan holda, viloyatda bozor xizmatlari hajmi 55 512,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2024- yil mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,7 % ni tashkil etib, uning hajmi esa 11 483,13 mlrd so‘mga o‘sishi qayd etildi.




