O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida joylarda tadbirga tayyorgarlik va targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.
Joriy yilning 3-dekabr Farg‘ona davlat universiteti talabalari uchun maxsus seminar tashkil etildi. Seminarda talabalarga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning maqsadi, vazifalari va mazkur jarayonning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati batafsil tushuntirildi. Tadbir davomida ro‘yxatga olish ishlarida yoshlar, jumladan talabalarning faol ishtiroki muhim ekani ta'kidlandi. Seminar so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda ro‘yxatga olish jarayonining amaliy jihatlari bilan yaqindan tanishdilar.






