09/12/2025

Lavozim: bo'lim boshlig'i

Tashkilot: Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi Demografiya, mehnat va gender statistikasi bo'limi

Маqsadlar: Bo‘lim faoliyatini har sohada har tomonlama eng oldi qatorlarga olib chiqish, hisobot va kuzatuvlarni yanada takomillashtirish hamda osonlashtirish yo‘llarini topish.

Vazifalari va majburiyatlari: lavozim yo‘riqnomasidagi talablarni va majburiyatlarini bajarish hamda odob-ahloq qoidalari va ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish. Berilgan topshiriq va vazifalarni o‘rganib, tahlil qilib ijrosini sifatli ta’minlash.
Malaka talabi:

- Iqtisodiyot (tarmoqlararo) yo‘nalishi bo‘yicha oliy maʼlumot, mehnat staji talab etilmaydi;

- Davlat tilini mukammal bilgan, rus va ingliz tillarini yuqori darajada egallagan hamda IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan(kamida 6 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi;

- Kompyuter savodxonligi bo‘yicha -Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini mukammal bilishi;

- Halollik,mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondoshish;

- Muammolar yechimi bo‘yicha tezkor fikrlash va o‘z takliflarini taqdim qila olish, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qila olishi;

- Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lishi va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora -tadbirlar mohiyatini chuqur anglay olish.

Murojaat va savollar bo‘yicha tel: 90-163-31-25