09/12/2025

Marg’ilon shahrida 2025-yil 4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv amaliyot jarayonlari tashkil etildi.

Tadbirda Farg’ona viloyati statistika boshqarmasi, Marg’ilon shahar statistika bo‘limi xodimlari va mahalla yettilik a’zolari ishtirok etdi.

Amaliyot jarayonida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning maqsad-vazifalari, amalga oshirish tartibi hamda elektron tizimlardan foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Yettilik a’zolariga jarayonni aniqlik, xolislik va mas’uliyat bilan olib borish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.