Joriy yilning 4-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi vakillari, shahar statistika bo‘limi mutaxassislari hamda mahalla yettiligi ishtirokida Qo‘qon shahridagi mahallalarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri oldidan har bir xonadon bo‘yicha geolokatsiya ma'lumotlarini kiritish jarayoni yuzasidan amaliyot tadbirlari amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayon ro‘yxatga olishni aniq va shaffof tashkil etish, xonadonlarining aniq joylashuvini belgilash, statistik ma'lumotlarni to‘g‘ri shakllantirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Bu esa ma'lumotlarni elektron tarzda kiritish kelgusida axborotlar bazasini yuritish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va qishloq xo‘jaligi yonalishida manzilli yechimlar qabul qilish imkonini yaratadi.






