09/12/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qarorida ko‘zda tutilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Farg‘ona viloyati bosh boshqarmasi xodimlar ishtirokida o‘quv seminar tashkil etildi.

Seminarda bank tizimi xodimlari va ularning oila a’zolari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvargacha census.stat.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar bilan batafsil tanishtirildi. Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tish jarayonini to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashkil etish mexanizmlari, mas’ul xodimlarning vazifa va majburiyatlari hamda aholini ro‘yxatga olish uchun yaratilishi lozim bo‘lgan barcha sharoitlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Seminar so‘ngida internet orqali so‘rovnoma shakllarini to‘ldirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar javoblar qaytardilar.