Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma'lumotiga kora, 2025- yil 1- noyabr holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 7332 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 151 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 7 181 tani tashkil qildi.
2025- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 30 818,1 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 109,1 % ga yetdi. Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 3 916,3 mlrd so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 136,5 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 24 419,9 mlrd so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,7 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2 481,8 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 109,1 %) tashkil etdi.




