Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2025- yil 1- noyabr holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 4 282 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 29 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 4 253 tani tashkil qildi.
Viloyat bo‘yicha 2025- yilning yanvar-oktabr oyida ulgurji savdo tovar aylanmasi 22 912,7 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 13,5 % ga o‘sdi. Kichik biznes subektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 22 034,0 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2024- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,1 % ga to‘g‘ri keldi Viloyatda jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 96,2 % ni tashkil qildi.




