O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qarorida ko‘zda tutilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Beshariq va O’zbekiston tumanlarining bank tizimi xodimlar ishtirokida o‘quv seminar tashkil etildi.
Seminarda bank tizimi xodimlari ro‘yxatdan o‘tish jarayonini to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashkil etish mexanizmlari, mas’ul xodimlarning vazifa va majburiyatlari hamda aholini ro‘yxatga olish uchun yaratilishi lozim bo‘lgan barcha sharoitlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi hamda ishtirokchilarga elektron so‘rovnomalarni to‘ldirish tartibi, aholi va xo‘jalik subyektlaridan olinadigan ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish yuzasidan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.






