Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma'lumotiga ko‘ra, viloyat bo‘yicha 2025- yilning yanvar-noyabr oyida ulgurji savdo tovar aylanmasi 25 656,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 13,1 % ga o‘sdi. Kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 24 692,8 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2024- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,5 % ga to‘g‘ri keldi. Viloyatda jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 96,2 % ni tashkil qildi.




