06/01/2026

Joriy yilning 5-yanvardan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida mahalla yettiligi a’zolarini o‘qitish rejalashtirilgan. Oltiariq tumanida ham aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida belgilangan 3 bosqichli o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Navbatdagi amaliy mashg‘ulotlar Shodlik mahallasida tashkil etildi. Mashg‘ulotda ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etish, aholidan olingan ma’lumotlarni planshet qurilmasiga to‘g‘ri va shaffof kiritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar yanada mustahkamlandi.

Ma’lumot uchun, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga 10 kun vaqt qoldi. Mazkur mashg‘ulotlar tadbirni yuqori saviyada va samarali o‘tkazishga xizmat qiladi.