06/01/2026

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish mamlakatni barqaror va adolatli rivojlantirish uchun mustahkam asosdir. Aniq statistikasiz to‘g‘ri qaror qabul qilib bo‘lmaydi.

Qayerga maktab, bog‘cha yoki shifoxona kerak? Qaysi hududda ish o‘rinlari yetishmaydi? Bu kabi muhim savollarga javob aynan ro‘yxatga olish natijalari orqali aniqlanadi.

Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida mahalla “ettiligi”ni o‘qitish jarayonlarining III- bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Chunonchi, Marg‘ilon shahar “Tut-tagi” mahalla fuqarolar yig‘inida ham mazkur tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida shahardagi barcha mahalla raislariga o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. Seminar davomida ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etish, aholidan olingan ma’lumotlarni planshet qurilmasiga to‘g‘ri va shaffof kiritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar yanada mustahkamlandi.