Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish mamlakatni barqaror va adolatli rivojlantirish uchun mustahkam asosdir. Aniq statistikasiz to‘g‘ri qaror qabul qilib bo‘lmaydi.
Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida mahalla “ettiligi”ni o‘qitish jarayonlarining III- bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Chunonchi, Furqat tumanidagi “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inida ham mazkur tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tumandagi barcha mahalla profilaktika inspektorlarining o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. Seminar davomida ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etish, aholidan olingan ma’lumotlarni planshet qurilmasiga to‘g‘ri va shaffof kiritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar yanada mustahkamlandi.






