Joriy yilning 6-yanvar kuni Farg‘ona tumanida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida belgilangan 3 bosqichli o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Navbatdagi amaliy mashg‘ulotlar “Tinchlik” mahallasida tashkil etildi. Mashg‘ulotda ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etish, aholidan olingan ma’lumotlarni planshet qurilmasiga to‘g‘ri va shaffof kiritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar yanada mustahkamlandi.
Ma’lumot uchun, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga 9 kun vaqt qoldi. Mazkur mashg‘ulotlar tadbirni yuqori saviyada va samarali o‘tkazishga xizmat qiladi.





