06/01/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma'lumotiga ko‘ra, viloyat bo‘yicha 2025- yilning yanvar-noyabr oylarida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi, yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Farg‘ona shahrida (33 741,6 ming so‘m), Qo‘qon shahrida (26 344,6 ming so‘m), Quvasoy shahrida (17 635,2 ming so‘m), Uchko‘prik tumanida (15 075,2 ming so‘m), o‘rtacha viloyat darajasi ko‘rsatkichidan (11 975,5 ming so‘m) sezilarli darajada yuqoriligini ko‘rsatmoqda.