Joriy yilning 7-yanvar kuni Beshariq tumani joylashgan “Obod” mahalla fuqarolar yig‘inida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PF-173-sonli farmoni ijrosini ta'minlash hamda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarining hokim yordamchilari uchun navbatdagi o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda ro‘yxatga olish jarayonining huquqiy asoslari, so‘rovnomani to‘ldirish tartibi, elektron tizimga ma’lumotlarni kiritish qoidalari hamda joylarda aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlari yuzasidan amaliy ko‘nikmalar berildi.







