12/01/2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda Rishton tumanidagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarining yoshlar yetakchilari ishtirok etib, ro‘yxatga olish jarayonining maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish tartibi hamda elektron tizimlardan foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi va amaliy mashg‘ulotda uy xo‘jaliklarini planshet qurilmasiga kiritish qoidalari hamda savolnoma shakllarini to‘ldirish ishlari amalga oshirildi.