Joriy yilning 13-yanvar kuni Farg‘ona viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, fermerlar kengashi, markaz hisobchilari, veterinariya boshqarmasi, suv xo‘jaligi boshqarmasi, kadastr boshqarmasi, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan fermer xo‘jaliklari, yuridik shaks tashkil etgan dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, hokimlik zaxirasidagi yer maydonlari uchun ro‘yxatga olishning to‘liq davrida internet tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan o‘quv seminari tashkil yetildi.
O‘quv seminarda Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Tursunov hamda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyevlar ishtirok etdilar.
Tadbir jarayonida ro‘yxatga olishda qishloq xo‘jaligi ko‘rsatkichlari shakllantirilish tartiblari, so‘rovnomaning to‘ldirish qoidalari hamda so‘rovnomaning 6-shaklini sifatli va o‘z muddatida qamrab olish hamda joylarda shtablarning tashkil etilishi va ularning vazifalari haqida tushuncha berildi.






