O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqaro o‘rtasida tasodifiy tanlash (random) usuli orqali sovg‘alar bilan taqdirlanishi e'lon qilingan edi. Birinchi sovrindorlar aniqlandi. Xususan, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Xaydarova Tamannoxon Avazxonovna tashakkurnoma hamda planshet qurilmasi bilan taqdirlandi.
Ro‘yxatdan o‘ting - sovg‘alarga ega bo‘ling!





