O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqaro o‘rtasida tasodifiy tanlash (random) usuli orqali sovg‘alar bilan taqdirlanishi e'lon qilingan edi. Navbatdagi sovrindorlar orasida Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Xatichaxon Muydinova ham bor. G‘olibga tashakkurnoma hamda planshet qurilmasi tantanali ravishda topshirildi.
Ro‘yxatdan o‘ting va sovg‘alarga ega bo‘ling!




