Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan dastlabki ma'lumotiga ko‘ra, 2025- yil yanvar-dekabr oylarida norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalarini hisobga olgan holda, bozor xizmatlari hajmi 71 765,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2024- yil mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 114,4 % ni tashkil etib, uning hajmi esa 14 985,3 mlrd so‘mga o‘sishi qayd etildi.




