2026- yil 1- yanvar holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 7361 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 151 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 7 210 tani tashkil qildi.
Hisobot davrida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 42 194,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 112,1 % ga yetdi.
Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 5 856,5 mlrd so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 169,5 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining tovar aylanmasi 33 301,5 mlrd so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,5 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 3 036,7 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 108,4 %) tashkil etdi.




