Avval xabar berganimizdek, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi doirasida 2026 yil 15–31 yanvar kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tgan aholi orasidan tasodifiy tarzda aniqlangan g‘oliblar Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib kelmoqda. Xususan joriy yilning 28-yanvar kuni Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumani Xonobod mahallasida istiqomat qiluvchi Ahmadaliyev Hayotbek Otabek o‘g‘li mazkur tanlovda sovrindor deb topildi. Sovgani Yozyovon tumaniga biriktirilgan “O’zkimyosanoat” AJ deportamenti boshlig‘ining o‘rinbosari J. Bakulov g‘olibning onasiga topshirdi.
Agar siz hali ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, 31 yanvarga qadar census.stat.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting va sovrindorlar qatorida bo‘lishi imkoniyatini qo‘lga kiriting.




