11/02/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2026-yilning 1-yanvar holatiga Farg‘ona viloyatining doimiy aholisi soni 4 223,0 ming kishini tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,9 foizga koʻpaygan. 2025-yil yanvar-dekabr oylarida tugʻilganlar soni 98,3 ming nafarni, vafot etganlar 18,7 ming nafarni tashkil etib, tabiiy oʻsish 79,6 ming kishiga teng boʻldi. Viloyatimizga koʻchib kelganlar soni 15 336 kishini va viloyatimizdan koʻchib ketganlar soni 16 569 kishini, qayd etilgan nikohlar 28,9 mingtani, nikohdan ajralishlar 4,9 mingtani tashkil etgan.