Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-dekabr oylarida Farg‘ona viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 111 305,3 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2024- yilning yanvar-dekabr oylari bilan taqqoslaganda 8,1 % ga o‘sdi.
YAHM deflyator indeksi 2024- yilning yanvar-dekabr oylari narxlariga nisbatan 110,0 % ni tashkil qildi.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Farg‘ona viloyatining qo‘shgan hissasi 6,0 % ga yetdi.




