11/02/2026

Yurtimiz bo‘ylab mumtoz adabiyotimizning yirik vakili – buyuk shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, joriy yilning 9-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir jarayonida jahon adabiyoti taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ alloma, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodi va hayot yo‘li orqali butun insoniyatga ulkan meros qoldirgani, uni o‘rganish yosh avlodni komil inson sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etildi. Navoiyning hayot yo‘li, ijodi, komillikka undovchi asarlari, betakror she’riyati, ilgari surgan g‘oyalarining yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga egaligi haqida so‘z yuritildi.