Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri — mamlakat taraqqiyotini aniq raqamlar asosida rejalashtirishning eng muhim bosqichidir. Ushbu jarayonning samarasi, avvalo, aholi tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligiga bog‘liq.
Xususan, Farg‘ona tumani Tinchlik MFY ga tashrif buyurdik, ushbu manzilda mahalla yettiligi tomonidan ayrim sabablarga ko‘ra birinchi bosqichda ro‘yxatdan o‘tolmagan fuqarolarni xonadonma-xonadon yurib mahsus planshetlar orqali ro‘yxatdan o‘tkazayotir. Mahallada jami 534 ta uy xo‘jaliklari, 640 ta oila hamda 2 498 ta aholi istiqomat qiladi. Aholining deyarli 90 foizdan ortig‘i ro‘yxatdan o‘tganligini quvonch bilan aytishimiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz: mazkur tadbir mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini rejalashtirish, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etishi bilan ahamiyatlidir.







