11/02/2026

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri — mamlakat taraqqiyotini aniq raqamlar asosida rejalashtirishning eng muhim bosqichidir. Ushbu jarayonning samarasi, avvalo, aholi tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligiga bog‘liq.

Xususan, Marg‘ilon shahar “Tut-tagi” MFY ga tashrif buyurdik, ushbu manzilda mahalla yettiligi tomonidan birinchi bosqichda ro‘yxatdan o‘tolmagan fuqarolarni xonadonma-xonadon yurib mahsus planshetlar orqali ro‘yxatdan o‘tkazayotir. Mahallada jami 863 ta uy xo‘jaliklari, 1 387 ta oila hamda 5 363 ta aholi istiqomat qiladi. Ro‘yxatga olishda mahalla ahli faol ishtirok etganligini alohida e’tirof etish zarur.