16/02/2026

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni — mamlakat taraqqiyotini puxta va aniq ma’lumotlar asosida belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ushbu tadbirning samaradorligi, eng avvalo, fuqarolar tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlarning ishonchliligi va to‘liqligiga bevosita bog‘liqdir.

Shu maqsadda Oltiariq tumani Povulg‘on MFY hududida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdik. Mahalla yettiligi tomonidan dastlabki bosqichda turli sabablarga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tolmay qolgan fuqarolar xonadonma-xonadon yurilib, maxsus planshetlar yordamida ro‘yxatga olinmoqda. Mazkur mahallada 644 ta uy xo‘jaligi, 1 023 ta oila hamda jami 3 325 nafar aholi istiqomat qiladi.

Ta’kidlash joizki, ro‘yxatga olish tadbiri mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini rejalashtirish, hududlar kesimida aniq dasturlar ishlab chiqish va aholi turmush farovonligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Aniq va haqqoniy ma’lumotlar esa kelajak taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.