16/02/2026

Joriy yil 16- fevral kuni Rishton tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 19- sentyabrdagi PF–173-sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbir doirasida Respublika Agrosanoatni rivojlantirish agentligi markaziy apparati vakili B.Ismatov, shuningdek tuman hokimligi hamda statistika bo‘limi rahbariyati ishtirokida mahallalarda aholini ro‘yxatga olish ishlarining borishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ro‘yxatga olish tadbirlarining tashkiliy jihatlari, hujjatlar yuritilishi, mas’ul xodimlar faoliyati va aholi bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi. Shuningdek, ayrim yo‘nalishlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida aniqlangan muammolarni tezkor hal etish, ish samaradorligini yanada oshirish hamda ro‘yxatga olish jarayonlarini sifatli tashkil etish maqsadida tuman shtabi yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.