O’zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish doirasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan Milliy statistika qo‘mitasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda respublikamizning barcha hududlarida “Statistika” sinflarini tashkil etish belgilangan. Xususan, Buvayda tumanidagi 1- umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham “Statistika” sinfi tashkil etildi. Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan mebel jihozlari hamda kompyuter texnikalari topshirildi.
Bu sinfni tashkil etishdan asosiy maqsad — aholi o‘rtasida ro‘yxatga olish jarayonlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, statistikaning jamiyat hayotidagi ahamiyatini tushuntirish va yoshlarda ushbu sohaga qiziqish uyg‘otishdan iborat hamda o‘quvchilarga zamonaviy statistik ma’lumotlar bilan ishlash, tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.





