02/03/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil1- fevral holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 7 361 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni151 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 7 210 tani tashkil qildi.

Hisobot davrida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 2704,4 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025- yilning yanvar oyiga nisbatan 10,5 % ga o‘sgan.

Jumladan:

Yirik korxonalarning tovar aylanmasi - 283,4 mlrd so‘m

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi - 2 102,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.