Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2026-yil yanvar oyida Farg‘ona viloyatida norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalarini hisobga olgan holda, bozor xizmatlari hajmi 5 258,4 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2025- yil mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,6 % ni tashkil etib, uning hajmi esa 900,7 mlrd so‘mga o‘sishi qayd etildi.




